O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida rektor va prorektorlar ishtirokida professor-o’qituvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Rektor Ilxomjon Madaminovich universitet moddiy texnik bazasidan unumli foydalanish, o’qituvchilarni ilmiy salohiyatini oshirish, ularni nufuzli xalqaro konferensiyalarda qatnashib, o’z tajribasini oshirishga undash, talabalar bilan nafaqat ilmiy, balki tarbiyaviy ishlarni ham doimiy olib borish masalalari yuzasidan nutq so’zladi.
Shuningdek, rektor hukumat qarorlari, yangi 2024-2025 oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish, 2023-2024 oʻquv yilini sifatli yakunlash, taʼlim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqaro hamkorlik aloqalarida faol ishtirok etish, moddiy texnik bazadan unumli foydalanish va ichki tartib qoidalarni hurmat qilishga chaqirish haqida soʻzlab, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik va uni oldini olish choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalarini berib oʻtdi.
Dastur so’nggida fakultet o’qituvchilari oliygohda ta’lim sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va tajriba almashish kabi masalalar borasida o’z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi.