ÖZDJTU TALABALAR TURAR JOYLARIDA BÖŞ VAQTNI MAZMUNLI TAŞKIL ETIŞ MASALALARI ÖRGANILDI
Bugun Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov rahbariyat vakillari va masʼul xodimlar bilan birgalikda talabalar turar joylarida bölib, talabalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş borasida amalga oşirilayotgan işlarni örgandi.

Taşriflar davomida, ayniqsa, «Beş taşabbus olimpiadasi» doirasidagi musobaqa va tanlovlarning talabalar turar joylarida yölga qöyilgani, talabalarning sport, musiqa, sanʼat, kitobxonlik va boşqa yönalişlardagi maşğulotlarga jalb etilişi holatiga eʼtibor qaratildi. Şuningdek, talabalarning qiziqiş va iqtidorlarini rivojlantiriş, ular örtasida turli musobaqalar hamda ijodiy tadbirlarni muntazam taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Rektor talabalarning darsdan böş vaqtini samarali taşkil etiş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va turli yönalişlardagi faolligini oşiriş muhimligini taʼkidladi. Masʼullarga talabalar turar joylarida maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlarini yanada jonlantiriş, «Beş taşabbus» doirasidagi musobaqalarni tizimli taşkil etiş yuzasidan tegişli tavsiyalar berildi.