ÖZDJTUDA III XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BÖLIB ÖTDI
2026-yil 25-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rus tili: örganiş va öqitişda anʼanalar va innovatsiyalar” mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Konferensiyaning tantanali oçiliş marosimida ÖzDJTU rektori vazifasini bajaruvçi Muhammadjon Çutpulatov iştirok etib, konferensiya qatnaşçilarini qutladi. Şuningdek, xorijiy iştirokçilarning videomurojaatlari tinglandi.

Konferensiyaning yalpi majlisida Özbekiston, Rossiya, AQŞ, Eron va Qozoğistondan taşrif buyurgan olimlar, professor-öqituvçilar hamda mutaxassislar rus tilini öqitiş metodikasi, tarjimaşunoslik, sunʼiy intellekt texnologiyalari, tanqidiy fikrlaşni rivojlantiriş va zamonaviy taʼlim yondaşuvlariga oid maʼruzalari bilan qatnaşdi.
Jumladan, generativ sunʼiy intellektni rus tilini çet tili sifatida öqitişga integratsiya qiliş, xorijiy tillarni öqitişda sunʼiy intellekt asosidagi tadqiqot loyihalari, CLIL texnologiyasi hamda mazmunli öqiş strategiyalari kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.
Tadbir doirasida davra suhbati taşkil etilib, iştirokçilar özaro fikr va tajriba almaşdilar. Konferensiya yakunida muhokamalar sarhisob qilinib, tadbir yopiliş marosimi bilan yakunlandi.
Mazkur xalqaro anjuman rus tilini örganiş va öqitiş sohasidagi ilmiy izlanişlar, innovatsion metodikalar hamda xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantiriş uçun muhim ilmiy muloqot maydoni böldi.