ÖzDJTUda ilmiy darajalar beruvçi Ilmiy kengaşlar yiğilişlari bölib ötdi

ÖzDJTUda ilmiy darajalar beruvçi Ilmiy kengaşlar yiğilişlari bölib ötdi

2026-yil 25-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvçi Ilmiy kengaşlarning yiğilişlari bölib ötdi.

Yiğilişlarni universitetning ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Otabek Yakuboviç Yusupov oçib berdi. Unda barça Ilmiy kengaş aʼzolari hamda ilmiy seminar vakillari iştirok etdi.

Kun tartibida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-son Farmoni ijrosini taʼminlaş, ilmiy darajalar beruvçi Ilmiy kengaşlar faoliyatiga qöyilgan talablarni bajariş, dissertatsiya işlarining ilmiy sifati va ekspertiza jarayonlarida akademik halollik tamoyillariga rioya etiş masalalari muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida dissertatsiya işlarini dastlab kafedralarda puxta körib çiqiş, ilmiy seminarlar faoliyatini takomillaştiriş, plagiat va manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, ekspertiza jarayonlarining şaffofligini taʼminlaş yuzasidan takliflar bildirildi.

Şuningdek, doktorantlarning ilmiy salohiyatini oşiriş maqsadida universitetda Doktorantlar maktabini taşkil etiş, ilmiy-uslubiy maşğulotlar va maslahatlar tizimini yölga qöyiş, ilmiy kengaş aʼzolari hamda ekspertlarni rağbatlantiriş mexanizmlarini takomillaştiriş masalalari ham körib çiqildi.

Yiğilişlar yakunida Farmon ijrosini taʼminlaş, ilmiy ekspertiza sifatini oşiriş va dissertatsiya işlarini körib çiqişda masʼuliyatni kuçaytirişga qaratilgan tegişli qarorlar qabul qilindi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube