ÖZDJTUDA ILMIY SEMINAR: H-INDEX VA ILMIY FAOLIYAT SAMARADORLIGI
2026-yil 24-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Ikkinçi çet tili kafedrasi professor-öqituvçilari uçun kafedra mudiri, pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent E.K. Moydinova tomonidan «Yoş tadqiqotçilarning ilmiy faoliyatida H-indeksning örni va uni oşiriş strategiyalari» mavzusida ilmiy seminar taşkil etildi.
Seminarda H-indeksning ilmiy faoliyat samaradorligini baholaşdagi örni, tadqiqotçinin ilmiy nufuzi va akademik körsatkiçlariga taʼsiri, xalqaro ilmiy bazalarda maqolalar çop etiş hamda iqtiboslar sonini oşiriş strategiyalari muhokama qilindi. Şuningdek, Scopus va Şeb of Science kabi xalqaro maʼlumotlar bazalaridan samarali foydalanış, nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar naşr etiş va yoş tadqiqotçilarning xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi faolligini oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Seminar professor-öqituvçilarning ilmiy salohiyatini rivojlantiriş, tadqiqotçilik faoliyatini takomillaştiriş hamda xalqaro ilmiy maydondagi raqobatbardoşligini oşirişga qaratildi.