O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xotin-qizlar psixologi Sh. Bo‘stonova hamda universitet profilaktika inspektori M. Nurmuxamedova bilan hamkorlikda 5-TTJ talabalariga mo‘ljallangan “Ogohlik — davr talabi” mavzusida profilaktik suhbat tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv turli xil huquqbuzarliklar va korrupsion holatlarning oldini olish, talabalarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirishga qaratildi.

 

 

Suhbat davomida, ayniqsa, yakuniy nazorat jarayonlarida yuzaga keladigan ruhiy bosim va xavotirlarni kamaytirish, talabalarning psixologik holatini barqarorlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan stressni yengish, o‘zini boshqarish hamda muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, talabalar bilan savol-javob tarzida ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Uchrashuv yoshlarni ongli tanlov qilishga, qonuniylik va shaxsiy mas’uliyatni hayotiy mezon sifatida qabul etishga undadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube