“OILA — JAMIYAT TAYANÇI”

“OILA — JAMIYAT TAYANÇI”

Tarjimonlik fakultetida talaba-qizlar örtasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, huquqiy savodxonlikni oşiriş hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş maqsadida “Oila — jamiyat tayançi” mavzusida tarğibot suhbati va trening taşkil etildi.

Tadbirda IPMBIB boşliği F. Xabiyeva hamda fakultetga biriktirilgan bölim mutaxassisi X. Xatamova iştirok etdilar.

Tadbir davomida erta nikohning salbiy oqibatlari, oiladagi zöravonlikning oldini oliş, xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş masalalari yuzasidan batafsil tuşunçalar berildi.

Şuningdek, talaba-qizlarga öz huquqlarini biliş, qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, oilaviy munosabatlarda özaro hurmat, işonç va mas’uliyatning ahamiyati haqida tavsiyalar berildi.

Trening davomida iştirokçilar öz fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşib, mavzu yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Zero, soğlom oila — mustahkam jamiyat poydevoridir!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube