Oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi
21–24-aprel kunlari Termiz davlat universiteti mezbonligida oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida futbol sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talaba sportchi qizlari Termiz shahriga yo‘l oldi. Ushbu musobaqa yosh sportchilar uchun o‘z mahoratini namoyish etish, tajriba almashish hamda jamoaviy ruhni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Safar oldidan universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda rahbariyat vakillari sportchi qizlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ularga omad tilanib, musobaqada munosib ishtirok etishlariga ishonch bildirildi.
Sportchi talabalarga bildirilgan ishonch ularning yanada yuqori natijalarga erishishiga hamda universitet sha’nini munosib tarzda himoya qilishiga zamin yaratadi.
