Oliy taʼlim tashkilotlarining 2025-yil faoliyati natijalari va 2026-yil uchun belgilangan istiqbolli rejalar muhokama qilindi
2025-yil 10-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti rektorlari va prorektorlarining 2025-yil faoliyati natijalari va 2026-yil uchun belgilangan istiqbolli rejalari boʻyicha taqdimoti bilan tanishdi.
Muhokama davomida oliy taʼlim muassasalarida 2026-yilda oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish, raqamlashtirishni jadallashtirish, taʼlim sifati ва oʻqituvchilar salohiyatini oshirish, ilmiy tadqiqotlar natijadorligini koʻtarish, fan–taʼlim–ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Shuningdek, talabalar bilan maʼnaviy-maʼrifiy ва tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, xalqaro hamkorlik yoʻnalishlarini kengaytirish ва investitsiyalarni jalb etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.