O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, professor-o‘qituvchilar va xodimlarni bayram bilan samimiy tabrikladi hamda ularga ezgu tilaklarini bildirdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nazarov Furqatjon Abdulfayozovich so‘zga chiqib, Akademiya boshlig‘ining bayram tabrigini yetkazdi.
Bayram tadbiri davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari professor-o‘qituvchilar va xodimlarga topshirildi.
Shuningdek, aktrisa Vazira Yunusova so‘zga chiqib, ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi.
Tadbir davomida Mustafo, Mirjalol Nematov, Ikrom Muratov, Gulom Saxi va Zebo kabi san’atkorlarning chiqishlari namoyish etilib, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Bayram tadbiri samimiy tabriklar, ezgu tilaklar va ko‘tarinki ruhda davom etdi.
2026-09-25 05-21