Ozarbayjon tillar universitetida O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
27-noyabr kuni Ozarbayjon tillar universiteti Xalqaro munosabatlar va hududiy fanlar fakulteti Dunyo tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan, filologiya fanlari doktori, professor Nargiz Seyidova rahbarligida Ozarbayjon tillar universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti Umumiy tilshunoslik va Amaliy fanlar kafedralari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Umumiy tilshunoslik kafedrasining 6 nafar professor-o‘qituvchilari — Yuldashev Farxod, Nosirova Mubina, Yuldasheva Farog‘at, Xoliqova Dilnoza, Sharipova Malohat, Xo‘jayev Dilshod, shuningdek, Amaliy fanlar kafedrasidan o‘qituvchi Muhitdinov Dilshod ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
akademik hamkorlikni kengaytirish;
o‘qituvchi va talaba almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
xalqaro konferensiya va ilmiy-amaliy tadbirlarni birgalikda tashkil etish.
Tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.