Ozarbayjonda Mediasavodxonlik haftasi

O‘zDJTU Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi mudiri, professor Dilfuza Teshabayeva Baku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Mediasavodxonlik haftasi doirasida xalqaro ekspert sifatida ishtirok etmoqda.

Professor Teshabayeva ozarbayjonlik va xorijlik talabalar uchun “Manipulyatsiya xususiyatlari: sun’iy intellekt kontekstida media kontent” mavzusida trening o‘tkazdi. Trening ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, olima haftalik tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tayotgan davra suhbatlari, ilmiy munozaralar va tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimlarida ham faol qatnashmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube