Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi

21-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev ochib berib, professor-oʻqituvchilar va talabalarni bayram bilan tabrikladi. Oʻz nutqida dekan ona tilimizning milliy gʻurur, maʼnaviyat va birlik timsoli ekanini taʼkidladi.

Dastur davomida talabalar tomonidan turli sahna koʻrinishlari, QVZ chiqishlari, shuningdek oʻzbek tiliga bagʻishlangan sheʼr va gʻazallar ijro etildi. Talaba qizlar tomonidan namoyish etilgan milliy raqslar tadbirga yanada bayramona ruh bagʻishladi.