O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot resurslar markazida tayanch doktorantlar uchun seminar tashkil etildi

Seminarning asosiy maqsadi tayanch doktorantlarni xorijiy elektron ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, ilmiy manbalarni izlash va yuklab olish, shuningdek ilmiy ishlar bilan ishlash tartiblari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

 

 

Tadbir davomida Elektron axborot resurslari bilan ishlash bo‘limi mudiri To‘xtayev Sardor 1-bosqich tayanch doktorantlarga ilmiy tadqiqot jarayonida natlib.uz, anna.archive, sci-hub, e.lanbook.com, lib.uzswlu.uz, ResearchGate hamda Google Scholar platformalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Seminar jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar hamda ilmiy axborot resurslari bilan mustaqil ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirdilar.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube