2022-yil 11-fevralda OʼzDJTU rektori Ulug'bek Botirovich Аzizovning buyrugʼi bilan quyidagi tarkibda universitet xalqaro reytingi ishchi guruhi tashkil etildi:
Gulandom Boqieva – filologiya fanlari doktori, professor, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor (tashabbus kirituvchi) - guruh koordinatori;
Ergasheva Guli Ismoil qizi – filologiya fanlari doktori, professor – guruh rahbari;
Hushvaqtova Xusnobod Solievna – pedagogika fanlari doktori, dotsent, kafedra mudiri – guruh aʼzosi;
Raxmonov Аzizxon Bositxonovich – pedagogika fanlari doktori, dotsent, dekan muovini – guruh aʼzosi;
Muradkasimova Kamola Shuxratovna – pedagogika fanlari doktori, dotsent – guruh aʼzosi.
Ishchi guruh zimmasiga qoʼyilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib oʼz faoliyatini olib bordi va quyidagilarni amalga oshirdi:
1. QS (Quacquarelli Symonds) platformasida OʼzDJTU profili ochildi;
2. QS xalqaro reyting tizimining ESG (Environmental, Social, Governmental) Metrics hamda Graduate Employability talablarida koʼrsatilgan 31 ta mezondan iborat maʼlumotlar tayyorlandi va yuklandi.
3. Professor-oʼqituvchilarning Scopus bazasidan foydalanishiga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etildi. QS xalqaro reyting tizimining Subject Ranking talablariga javob berish maqsadida, Scopus bazasiga obuna boʼlindi. Scopus bazasidagi jurnallarda maqola eʼlon qilish boʼyicha 30 nafar trenerlar tayyorlandi va barcha universitet professor-oʼqituvchilari va doktorantlariga 150 dan ortiq seminar-treninglar oʼtkazildi.
4. Universitetdagi 47 kafedrada faoliyat olib boradigan barcha professor-oʼqituvchilarga QS xalqaro tizimining oʼziga xos xususiyatlari boʼyicha bir hafta davomida 18 ta seminar-treninglar oʼtkazildi.
5. QS talablaridan biri universitetlarda ilmiy-tadqiqot institutlar mavjudligi boʼlganligi sababli, 8 ta ilmiy tadqiqot instituti ochildi (Nazariy va amaliy lingvistika ITI; Аdabiyotshunoslik ITI; Tarjimashunoslik ITI; Xorijiy tillarni oʼqitish metodikasi ITI; Media va kommunikatsiya ITI; Ekologiya ITI; Validatsiya ITI; Ijtimoiy-jarayonlarni oʼrganish ITI). QS talablaridan yana bittasi laboratoriyalar mavjudligi edi. Bu talabga
javoban ixtisosliklar boʼyicha tadqiqotchilar ilmiy laboratoriyalari (18 ta ITIL) tashkil etildi va faoliyat olib bormoqda.
Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti THE (Times Higher Education) Impact Rankings dunyo reytingida ham ishtirok etib kelmoqda. Mazkur reyting yoʼnalishi BMTning 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (BRM) muvofiq universitet hududida olib borilgan ijtimoiy chora-tadbirlar, madaniy-maʼrifiy, moliya va iqtisod ishlari, oʼquv faoliyatidagi oʼrni va albatta, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan oʼlchanadi. Toʼrtta maqsadlar boʼyicha universitetda olib borilgan ishlar haqida maʼlumotlar tayyorlandi va yuklandi.
2023-yil 1-iyunda Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – “Times Higher Education” agentligi tomonidan eʼlon qilingan “THE Impact Rankings” reytingida Oʼzbekiston Respublikasining 47 ta oliy taʼlim muassasalari qayd etildi. Mazkur roʼyxatda ilk bor Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti, umumiy hisobda, 1001+ natijani qayd etdi va BRM boʼyicha quyidagi koʼrsatkichlarga erishdi:
BRM 4 – “Umumqamrovli va adolatli sifatli taʼlimni taʼminlash” maqsadi boʼyicha 1001+ oʻrinni egalladi;
BRM 5 – “Gender tenglikni taʼminlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” maqsad boʻyicha 300+ oʻrinni egalladi;
BRM 6 – “Barcha uchun suv resurslari va sanitariyaning mavjudligi hamda ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash” boʻyicha 400+ koʻrsatkichga erishdi. Bu universitet jamoasining hamjihatlikdagi mehnati natijasidir!