Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida Fuqarolik jamiyati haftaligi o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu haftalik jamiyatda fuqarolik institutlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni chuqur o‘rganish, erishilgan natijalarni tahlil qilish, mavjud muammolarni muhokama qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha yangi taklif hamda tashabbuslarni ishlab chiqish uchun muhim muloqot maydoni sifatida tashkil etildi.

Tadbir davomida davlat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, ekspertlar, yoshlar va jamoatchilik faollari o‘zaro fikr almashib, fuqarolik jamiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan g‘oyalarni muhokama qilmoqdalar.

OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Siyosiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, siyosatshunoslik yo‘nalishi 4-bosqich hamda Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 3-bosqich talabalari ushbu yirik tadbirda mehmon va volontyor sifatida qatnashib, tashkiliy jarayonlarda faollik ko‘rsatmoqda.

Ularning ishtiroki nafaqat amaliy tajriba orttirish, balki fuqarolik jamiyati rivojiga o‘z hissasini qo‘shish imkonini ham bermoqda.

Ma’lumot uchun: Haftalik 5-dekabrgacha davom etib, uning doirasida turli konferensiyalar, seminarlari, uchrashuvlar va amaliy sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube