Dastur Xitoy Xalq ta’limi vazirligi chet tillarni oʻqitish va hamkorlik markazi direktori oʻrinbosari Hu Zhi Ping, markazning Rivojlantirish-rejalashtirish departamenti direktori Wang Tong, Oʻquv va resurslar departamenti direktori Shao Yi Peng, Osiyo-Afrika departamenti katta loyiha direktori Wang Feng hamda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari V.Omonov, Sharqshunoslik fakulteti dekani D.Djurayev, Xitoy tili kafedrasi mudiri Sh.Xakimova ishtirokida oʻtdi.
Uchrashuv davomida talabalr almashinuvi, akademik mobillik, oʻqituvchilar almashinuvi va ular oʻrtasida oʻzaro manfaatli sohalarda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, OʻzDJTU qoshida Konfutsiy instituti, shuningdek, HSK xitoy tili imtihoni markazi ochilishi, Sharq filologiyasi fakultetida esa Xitoy tili markazining ochilishi, talabalar uchun yozgi va qishki lagerlar tashkil etish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa hamkorlik masalalari muhoka qilindi.
Muhokamalar jarayonida tomonlar oʻzaro fikr almashishdi va yakunda manfaatli kelishuvlarga erishildi.