O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilidagi hududida bunyod etilayotgan binoni ko‘zdan kechirdi
Tashrif davomida rektor qurilish hamda binoni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, qurilish jarayonining borishi va binoni foydalanishga tayyorlash masalalari yuzasidan mas’ul mutaxassislarning axborotlari tinglandi.
Shuningdek, rektor tomonidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bildirilib, qurilish va jihozlash jarayonlarini yanada sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.