Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov fakultetlarda bo`lib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Shundan soʻng, rektor auditoriyalarga kirib taʼlim olayotgan yoshlarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy taʼlim tizimida ta’lim-tarbiyaviy ishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida toʻxtaldi.
Yakunda esa oliygoh rektori barcha talabalarga egallangan bilim – buyuk kelajak poydevori ekanligini taʼkidlab, ularni o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tiladi.