Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari “UZEXPO markazi”dagi Sanoat Yarmarkasida ishtirok etdi.

Joriy yilning 12-15 dekabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilishi belgilangan mazkur Yarmarkada Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarmoq korxonalarining ilmiy-texnik kengashlari bilan hamkorlikda respublikada oʻxshashi mavjud boʻlmagan mahsulotlar boʻyicha loyihalar va dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish borasida taqdimot boʻlib oʻtmoqda.

Yarmarkada har bir tarmoq korxonalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining masʼul xodimi bilan birgalikda mahsulotlarni ishlab chiqarishga qiziqish bildirgan tadbirkorlik subyektlariga ushbu mahsulotlar boʻyicha toʻliq maʼlumot, dastlabki texnik-iqtisodiy asoslari va daromadlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube