O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari
“Parlament yoshlari” o‘quv oromgohida ishtirok etishdi
Joriy yilning 9–13-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamentiga saylangan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Diyoraxon Tashmuratova, Baxtiniso Tursunaliyeva, Asadbek Mansurov va "Protokol"guruhi a’zosi Lazzatoy Shukurillayeva “Parlament maktabi” loyihasi doirasida tashkil etilgan o‘quv oromgohida faol ishtirok etishdi.
Mazkur oromgoh Yoshlar parlamenti a’zolarining malakasini oshirish, qonunlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglash va mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni yoshlar orasida targ‘ib etishga qaratilgan muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.
Ishtirokchilar yetakchilik, jamoa bilan ishlash va korrupsiyaga qarshi madaniyat kabi amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishdi. Shuningdek, “Yoshlar — korrupsiyaga qarshi harakat yetakchilari” tashabbusining o‘quv dasturiga kiritilgani a’zolar uchun dolzarb ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim omil bo‘ldi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘quv oromgohida olingan bilim va ko‘nikmalar kelajakda yoshlarimizning siyosiy maydondagi mustahkam pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qilishi va ularning kelgusida jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildiradi.