O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI TALABALARI RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO‘L OLDI!
Ma’lumki, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoalari “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Toshkent shahar bosqichida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Bugun universitetimiz talabalari universitet sharafini himoya qilish maqsadida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Valijon Sadiyev boshchiligida Xorazm viloyatiga yo‘l oldilar.
Barcha jamoalarimizga ulkan omad, kuch-g‘ayrat, mustahkam iroda va yorqin g‘alabalar tilaymiz!
OQ YO‘L! G‘ALABA SIZLARGA YOR BO‘LSIN!
Universitetimiz faxrisiz!