O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va 84-sonli umumta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi
84-sonli umumta’lim maktabida professor-o‘qituvchilar Muxammedova Nafisa va Maxsimova Umida tomonidan ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi. Unda dars samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar amaliy misollar bilan yoritib berildi.

Seminar davomida ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar, dars jarayonida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish hamda o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish yo‘llari bo‘yicha aniq tavsiyalar taqdim etildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olib, o‘zaro tajriba almashdilar. Uchrashuv yakunida bunday amaliy seminarlar o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirishda samarali platforma bo‘lib xizmat qilishi alohida qayd etildi.