O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Pendidikan Indonesia universiteti hamkorligi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (UzSWLU) va Pendidikan Indonesia universiteti o‘rtasida samarali hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori professor Ilxomjon Tuxtasinov, Ingliz tili 1-fakulteti dekani G. Ergasheva, Xalqaro hamkorlik bo‘limi bosh mutaxassisi V. Amanov, shuningdek Pendidikan Indonesia universiteti rektori professor Dr. Didi Sukyadi va ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha o‘quv ishlari prorektori professor Dr. Vanessa Gaffar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

- Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va Scopusda indeksatsiyalangan jurnallarda hammualliflik imkoniyatlari;
-Qo‘shma ta’lim dasturlari va akademik mobillik loyihalarini amalga oshirish;
- O‘qituvchi va professorlarning malakasini oshirish imkoniyatlari;
- Summer/Winter Camp dasturlarini tashkil etish masalalari.

Hamkorlik natijalari kelgusida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube