O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida amerikalik talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

13-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Amerika Qo‘shma Shtatlaridan kelgan talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Ular 2025-yil 2-iyundan 10-iyulgacha davom etadigan maxsus dastur doirasida universitet qoshidagi Til o‘qitish markazida tahsil olishmoqda. Mehmonlar o‘zbek tilini o‘rganish, mamlakatimiz madaniyati, urf-odatlari va xalq hayoti bilan yaqindan tanishishni maqsad qilgan.

Talabalar darslarda faol qatnashib, o‘zbek tiliga, milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga katta qiziqish bildirayotganlari bilan ajralib turishmoqda. Uchrashuv davomida ular o‘z taassurotlari, yangi bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Mazkur dastur “Ziyo Forum” xalqaro fondi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bo‘lib, u ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, madaniy almashinuvni kengaytirish va ta’lim sohasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ma'lumot uchun: dasturda quyudagi tabalalar ishtirok etmoqda:
 1. Roeckenhaus Dalton Michael – Missuri, 2003
 2. Barton Joshua Thomas – Missuri, 2001
 3. Vaca Diez Charles Roberto De Jesus – Illinoi, 2003
 4. Beers Colin Matthew – Illinoi, 2004
 5. Ward William Charles – Missuri, 2000
 6. Swift Aiden Cole – Illinoi, 2003
 7. Ward Sophia Renee – Missuri, 2001
 8. Cummins Deanna Joy – Illinoi, 2004

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube