O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat imtihonlari davom etmoqda
Bugun, 19-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida 4-bosqich bitiruvchilari uchun davlat attestatsiya imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Imtihon jarayoni fakultet dekani va mas’ul komissiya a’zolari tomonidan qat’iy nazorat ostida, belgilangan tartib asosida tashkil etildi.
Davlat imtihonlari yuksak tashkiliy saviyada, shaffoflik va adolat tamoyillariga to‘liq rioya qilingan holda o‘tkazildi. Bitiruvchilarning bilim va ko‘nikmalari inson omiliga tayanmagan holda, aniq mezonlar asosida baholandi.
Imtihon jarayonida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Nuriddin Ibragimov hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori, professor Lochin Zaripov ham ishtirok etdi.
Imtihonlar natijasi bitiruvchilar mehnati, o‘zlashtirgan bilim va kasbiy tayyorgarlik darajasini ochiq-oydin aks ettiradi.