O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
10-aprel kuni Musurmankulova Madina Nosirovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi oflayn hamda Zoom onlayn platformasi orqali tashkil etildi.
Mazkur muhokamada tadqiqotchining “Bino-inshoot va qurilish ishi nomlarining rus, o‘zbek va ingliz tillaridagi qiyosiy tadqiqoti” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Muhokama jarayonida dissertatsiya yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Seminar davomida tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuzasidan keng muhokamalar olib borildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.