9-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov boshchiligida universitet vakillari tomonidan Amir Temur xiyoboniga tashrif amalga oshirildi.
Mazkur tashrif 9-aprel buyuk sarkarda Amir Temur tavalludi munosabati bilan boʻlib oʻtdi. Tashrif davomida universitet jamoasi tomonidan Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, buyuk sarkarda xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Shuningdek, tashrif doirasida vakillar Amir Temur muzeyida ham bo‘lib, bu yerda Temuriylar sulolasining boy tarixi, davlat boshqaruvi, harbiy san’at hamda madaniy merosi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Muzey eksponatlari bilan tanishuv jarayonida Amir Temur davrining siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotini aks ettiruvchi nodir manbalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, I. Tuxtasinov tomonidan buyuk Sohibqironning hayot yo‘li, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati hamda uning jahon tarixidagi o‘rni haqida va qiziqarli fikr-mulohazalar bildirildi.
Mazkur tashrif talaba-yoshlar uchun tarixiy merosni chuqur anglash, milliy o‘zlikni his etish hamda buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish ruhida tarbiyalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.