Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning soʻnggi kuni boʻlib oʻtdi

An’anaga muvofiq, imtihon jarayonlari OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovning abituriyentlarga bildirgan samimiy tilaklari bilan boshlandi. 

 

 

Sinov jarayonlari ochiq va shaffof tarzda oʻtdi. Imtihon davomida abituriyentlar uchun barcha sharoitlar, qolaversa, ularning ota-onalariga ham jarayonni onlayn kuzatib turish imkoniyati yaratildi. 

 

 

Mazkur imtihonlar orqali abituriyentlar baholash boʻyicha mas’ullarga oʻz ijodiy bilim-koʻnikmasini namoyon etib, hayotning yangi bosqichiga ilk qadamlarini qoʻyishdi. 

OʻzDJTU jamoasi barcha abutiyentlarga omad va muvaffaqiyat tilaydi!

 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube