O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Chutpo‘latov rahbarlik qildi. Unda barcha prorektorlar, rektor maslahatchilari, fakultet dekanlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, fakultet va kafedralarda o‘quv jarayonining holati, talabalar davomati hamda ichki tartib-intizom masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish hamda talabalar turar joylaridagi sharoit va tarbiyaviy ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

Kun tartibidan 30-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi hamda Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda “Yevropa tillari kuni”ga bag‘ishlangan xalqaro tadbirni o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham o‘rin oldi. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish, tashkiliy jarayonlarni muvofiqlashtirish hamda mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilash yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, universitetda ilmiy faoliyat va innovatsion loyihalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, universitetning xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash, shuningdek, akkreditatsiyadan o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishda moliyaviy intizomni mustahkamlash, to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha mavjud qarzdorliklarni undirish, ichki nazoratni kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, vazifalar ijrosi nazoratga olindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube