28-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan olimpiada bo‘lib o‘tdi.
Olimpiadada talabalarning Konstitutsiya qoidalari va tamoyillarini chuqur o‘zlashtirishga qaratilgan savollar berildi.
Natijalar quyidagicha bo‘ldi:
1-o‘rin: Xolmirzayeva Yulduz Ravshan qizi
2-o‘rin: Bosimov Xusan Furqat o‘g‘li
3-o‘rin: Samadov Xorunbek Anvar o‘g‘li
Olimpiada talabalarda davlatimizning oliy qonuni bilan bog‘liq bilim va tushunchalarni mustahkamlash, huquqiy ongni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.