O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida mini futbol va voleybol bo‘yicha tashkil etilgan “Rektor kubogi” musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Final uchrashuvlari yuqori sport ruhi, kuchli raqobat va murosasiz bahslarga boy tarzda kechdi. Ishtirokchilar sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

Qizg‘in va keskin bahslar musobaqaga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoa o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamladi.
Musobaqaning final bosqichi barcha ishtirokchilar va muxlislar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
