O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tashkil etilgan sport musobaqalariga start berildi
Musobaqa doirasida erkaklar o‘rtasida futbol, ayollar o‘rtasida esa voleybol bellashuvlari tashkil etildi.
Mazkur musobaqalar universitet jamoasi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilmoqda. Bellashuvlarda universitetning turli fakultetlaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida rektor Ilxomjon Tuxtasinov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi va bu kabi tadbirlar jamoa a’zolarining birdamligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Bellashuvlar qizg’in bahs-munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.