O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Zakovat” intellektual o‘yini Rektor kubogi qishki mavsumi 4-turi yakuniy g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Mazkur intellektual bellashuv talaba-yoshlarning bilim salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ularning ilmiy-intellektual imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Musobaqa davomida jamoalar 4 ta tur davomida o‘zaro bahs olib borib, to‘plagan umumiy ballari asosida yakuniy natijalar aniqlandi.

 

 

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib jamoalar quyidagicha taqdirlandi:
1-o‘rin – Tarjimonlik fakultetining “Bolam, Aylis oldingmi?” jamoasi
2-o‘rin – Xalqaro jurnalistika fakultetining “Evrika” jamoasi
3-o‘rin – Sharq filologiyasi fakultetining “Shark” jamoasi

Taqdirlash marosimida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, g‘olib jamoalarga diplom hamda pul mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi. Shuningdek, intellektual o‘yinda faol qatnashgan jamoalar sertifikatlar bilan taqdirlandi. Tadbir ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashib, bilim va topqirlik ruhidagi muhitni yanada kuchaytirdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube