O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Angrendagi filiali uchun yangi o‘quv binolari qurilmoqda
Bugun, 30-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov mas’ullar bilan birgalikda Angren shahrida barpo etilayotgan universitet filiali qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Loyihaga ko‘ra, yangi filial hududida 1500 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi, 600 o‘rinli talabalar turar joyi (TTJ), shuningdek, ma’muriy bino — dekanat joylashgan alohida inshoot barpo etilmoqda.
Qurilish ishlarida ilg‘or texnologiyalar va sifatli qurilish materiallaridan foydalanilmoqda. Talabalar uchun qulay, innovatsion ta’lim muhiti yaratish, shuningdek, yotoqxona va infratuzilma bilan ta’minlash masalalari ustuvor ahamiyatga ega.
Rektor qurilish ishlari borishini ko‘zdan kechirar ekan, mutasaddilarga o‘z tavsiyalarini berib, ishlarning belgilangan muddatda va sifatli yakunlanishini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Mazkur filialning faoliyati Angren shahrida xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish, iqtidorli yoshlarni yetishtirish va mintaqada ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.