O'zbekiston delegatsiyasining Fransiya oliy o'quv yurtlariga tashrifi 8-9 dekabr kunlari Parij Sorbonna Nord universitetida bo'lib o'tdi. 

Delegatsiyani Sorbonna universiteti xalqaro aloqalar bo'yicha vitse prezidenti Sylvie Barrierere, ilmiy ishlar bo'yicha vitse prezident Sophie Gindt va universitet olimlari kutib olishdi. 

Muloqot davomida O'zbekiston-Fransiya o'rtasidagi oliy o'quv yurtlari aloqalari strategiyasi muhokama qilindi. 

Dasturda O'zDJTU dan professor R.U. Madjidova ishtirok etib, O'zDJTU da fransuz tili va lingvistika yo'nalishlarining yangi pog'onalarini ochish, yozgi maktab tashkil etish, talaba va o'qituvchilar almashinuvini yo'lga qo'yish, xalqaro ilmiy konferensiyalar o'tkazish, hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish masalalarini taklif qildi.

Ushbu tashabbuslar joriy yil Parijda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Fransiya ta’lim forumida ilk bor kelishilgan edi. Mazkur tashrif ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube