26-noyabr kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ulligida “Qizlarjon klubi” yetakchilari tashabbusi bilan “25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan respublikamizda xotin-qizlarni turli tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. 

Shuningdek, ayollarni e’zozlash sharqona qadriyat ekanligi, oilada sog‘lom ma’naviy muhit shakllanishida ayol ma’naviyatining o‘rni targ‘ib qilindi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida tashkil etildi, talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis javobini oldilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube