O‘zDJTU delegatsiyasi xalqaro anjumanda taqdimot bilan ishtirok etdi
2025-yil 26-dekabr kuni Pekin chet tillar universitetida qisqa muddatli kursda ishtirok etayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Tianjin Texnologiya va ta’lim universiteti qoshidagi Xitoy–ShHT kasb va texnologiyada hamkorlik markazi tomonidan tashkil etilgan
“Shanxay hamkorlik tashkiloti universitetlari o‘qituvchilarining raqamli ta’lim kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro anjumanda taqdimot bilan qatnashdi.
Taqdimot davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik, xususan, raqamli ta’lim yo‘nalishidagi aloqalarning ko‘lami va ahamiyati alohida ta’kidlandi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yoritildi.