30-yanvar kuni OʻzDJTU Jahon adabiyoti kafedrasida kafedra doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilar uchun navbatdagi ilmiy-nazariy seminar tashkil etildi. Doktorantlar uchun qulaylik yaratish maqsadida seminar offlayn shaklda hamda Zoom platformasi orqali onlayn tarzda olib borildi. Ilmiy-nazariy seminarni Jahon adabiyoti kafedrasi professori F.D. Sapaeva ochib berdi.

Seminarda kafedraning 1-bosqich mustaqil izlanuvchisi Oʻljayeva Shahzoda “Yevropa va oʻzbek adabiyotida ekzistensial qahramon tasviri (Uilyam Golding, Albert Kamyu, Ulugʻbek Hamdam, Nazar Eshonqul misolida)” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, 1-kurs mustaqil tadqiqotchisi Aydaraliyeva Malohat “XX asr Amerika va oʻzbek hikoyachiligida ayol va jamiyat munosabatlarining badiiy talqini (V. Folkner va Choʻlpon hikoyalari misolida)” mavzusida o‘z ilmiy izlanishlari yuzasidan taqdimot bilan ishtirok etdi.

Bundan tashqari, seminar davomida kafedra doktorantlari olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hisobot berib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Muhokamalar jarayonida bildirilgan taklif va mulohazalar ishtirokchilar uchun keyingi ilmiy izlanishlarda muhim metodik yo‘nalish bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube