O‘zDJTU Kechki va sirtqi ta’lim fakulteti talabalari uchun yangi yil bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni fakultet dekani Norpo‘lat Suyarovich Mamadov ochib, barcha talabalarni yangi yil bilan samimiy tabrikladi va ularni kelajakdagi ijodiy va ilmiy faoliyatga ruhlantirdi.
Bayram dasturi doirasida talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va ijodiy namoyishlar namoyish etildi. Har bir chiqish iliq va quvnoq ruhda bo‘lib, tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Talabalar o‘z ijodiy mahoratlarini namoyish etib, bayramga yanada shukuh qo‘shdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar yangi yil kayfiyati bilan to‘ldirildi, quvnoq lahzalar va iliq tabassumlar bilan bayram tantanali tarzda yakunlandi.