O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari PhD ilmiy darajasi bilan taqdirlandilar
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashi yig‘ilishi davomida PhD ilmiy darajasini olgan professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Quyidagi professor-o‘qituvchilarga “PhD” ilmiy unvonini beruvchi diplomlar tantanali ravishda topshirildi va an’anaga ko‘ra ularga noutbuklar sovg‘a qilindi:
- Yaxshieva Mehrinigor Shavkatovna – Ingliz tili 2-fakulteti “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi, pedagogika fanlari bo‘yicha PhD.
- Xayrullaeva Zebinisso To‘hirovna – Ingliz tili 1-fakulteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi, psixologiya fanlari bo‘yicha PhD.
- Ma’dieva Adiba Dovudovna – Ingliz tili 3-fakulteti “Jahon adabiyoti” kafedrasi, filologiya fanlari bo‘yicha PhD.
- Abduxalilova Gulbahor Karabaevna – Ingliz filologiyasi fakulteti “Ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish” kafedrasi, filologiya fanlari bo‘yicha PhD.
- Raupova Muxayyonasirovna – Ingliz tili 1-fakulteti “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1” kafedrasi, filologiya fanlari bo‘yicha PhD.
- Uzaqova Lola Abdurashitovna – Ingliz tili 2-fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi, falsafa fanlari bo‘yicha PhD.
- Yarmuxamedova Irodaxon Nosir qizi – Xalqaro jurnalistika fakulteti “Siyosiy fanlar” kafedrasi, siyosiy fanlari bo‘yicha PhD.
- Turobov Jahongir Ravkat oʻg‘li – Sharq filologiyasi fakulteti “Ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish” kafedrasi, pedagogika fanlari bo‘yicha PhD.