O‘zDJTU prorektori Angren fakultetida o‘quv jarayoniga tayyorgarlik holatini o‘rgandi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Chutpulatov Muxammad Chariyevich universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda Angren fakultetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida o‘quv auditoriyalarining holati, ularning zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanganligi hamda dars jarayonlarini samarali tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fan kabinetlari, axborot-resurs markazi, sport xonalari va majlislar zalining tayyorgarlik darajasi baholandi.

Prorektor tomonidan o‘quv jarayonini sifatli yo‘lga qo‘yish, talabalarga qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda isitish tizimining barqaror ishlashiga alohida e’tibor qaratildi. Binolar atrofi va hududlarni obodonlashtirish ishlari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tashrif davomida aniqlangan jihatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube