O‘zDJTU Registrator xodimlari tomonidan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
26-noyabr kuni O‘zDJTU Registrator ofisi xodimlari Sharq filologiyasi fakulteti talabalari bilan tanishtiruv uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida Xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Ahmedov Abdulaziz Mashrabovich so‘zga chiqib, Registrator ofisining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng menejerlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarga kundalik uchraydigan savollar, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, murojaat yo‘llari hamda elektron xizmatlardan foydalanish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar taqdim etdilar.

Uchrashuv davomida talabalar:
-Registrator ofisining asosiy vazifalari
- Ko`rsatiladigan xizmatlar
- Arizalar qabul qilish tartibi
- Elektron xizmatlardan foydalanish
- Ma’lumotnomalarni olish jarayoni bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek:
- talabalarga 64 dan ortiq xizmat yagona markaz orqali ko‘rsatilayotgani,
- kontrakt to‘lov tartibi va usullari,
- kontrakt.edu.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar ham yetkazildi.