O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida rektor talabalar bilan suhbatlashib, ularning ta'lim-tarbiya jarayonidagi muammolar va takliflarini tingladi. Shuningdek, turar joyning yashash sharoitlari, talabalarning dam olish va sport bilan shug'ullanish imkoniyatlari ko'zdan kechirildi.

Rektor talabalar turar joyini yaxshilash bo'yicha bir qator takliflarni berdi va talabalar sharoitini yanada qulay tashkil etilishini ta'minlash uchun kerakli chora-tadbirlar ko'rishini va'da qildi. 

Tashrif talabalarning universitet rahbariyati bilan bevosita muloqot qilishlari va o'z fikr-mulohazalarini bildirishlari uchun yaxshi imkoniyat bo'ldi.

2024-02-10 12-15

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi