O‘ZDJTU REKTORI KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI MILLIY RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTIDA BO‘LDI
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda Sun’iy intellekt va strategik transformatsiya bo‘yicha rektor maslahatchisi Boltabaev Mahmudjon Rustamovich Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida iqtidorli yoshlarni yangi kasblarga o‘rgatish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ko‘rgazmalar tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish va istiqboldagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
2026-09-21 04-17