O‘zDJTU rektori qurilayotgan yangi talabalar turar joyidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

O‘zDJTU rektori qurilayotgan yangi talabalar turar joyidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati hamda mas’ul xodimlar bilan birgalikda Toshkent shahri, Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida barpo etilayotgan yangi talabalar turar joyi (TTJ) qurilish obyektiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida qurilish ishlarining bugungi holati, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari sifati, obyektning loyiha asosida barpo etilishi hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Rektor qurilish maydonini aylanib chiqib, bino va inshootlarning zamonaviy talablarga mos ravishda bunyod etilishi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ichki infratuzilma, yong‘in xavfsizligi, energiya samaradorligi hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan muhokamada talabalar turar joyidagi yashash xonalari, o‘quv va mustaqil ta’lim olish hududlari, dam olish maskanlari, maishiy hamda sanitariya-gigiyena sharoitlari, hududni obodonlashtirish ishlarining bugungi holati muhokama qilinib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube