2024-yil 13-aprel kuni O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov Xitoyning Liadong universitetida tashkil etiladigan "Yozgi lager" dasturida ishtirok etish uchun jo'nab ketayotgan Xitoy tili kafedrasi mudiri rahbarligidagi talabalar guruhi bilan uchrashuv o'tkazdi.
Universitetimiz vakillariga Prezidentimiz va hukumat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, mazkur davlatda O'zbekiston va O'zDJTU sha'nini saqlash, sidqidildan o'qish, bilim va ko'nikmalarini oshirish, turli milliy va madaniy tadbirlar tashkil qilish bo'yicha yo'riqnomalar berildi.
O'z navbatida talabalar universitet rahbariyatiga ko'rsatilayotgan e'tibor va imkoniyat uchun minnatdorchilik bildirdilar.