O‘zDJTU rektori yangi talabalar turar joyidagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi

O‘zDJTU rektori yangi talabalar turar joyidagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi

17-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan birgalikda qurilishi yakuniy bosqichga yetib kelgan yangi talabalar turar joyida bo‘lib, olib borilayotgan qurilish va pardozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida bino hududidagi qurilish jarayonlari, xonalarni jihozlash, umumiy foydalanish joylari hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida va sifatli bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yangi talabalar turar joyini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik jarayonlari, obodonlashtirish va hududni tartibga keltirish ishlari ham muhokama qilindi.

Rektor talabalar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, qurilish ishlarini sifatli yakunlash hamda belgilangan muddatlarga rioya etish muhimligini ta’kidladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube