OʻzDJTU rektoriga “qizil” toifadagi 30 nafar yoshlar biriktirilgan boʻlib, doimiy tarzda ulardan xabar olinmoqda. Ehtiyojlari oʻrganilib, zarur yordamlar berilmoqda.

Bugun ham universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov Sergeli tumanida istiqomat qilayotgan  Dushaboyev Abdubosid, Yormatov Botir, Nurquziyeva Dilfuza, Akramova Xadicha, Davutov Abdulaziz, Qutimurodova Roza kabi oʻziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.

Ularning xonadonida boʻlib, zarur mahsulotlar va ularning ehtiyojidan kelib chiqib, salomatligini tiklashlari uchun sport anjomlari bilan taʼminladi.  

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube