2024-yil 26-sentabrdan 29-sentabrigacha Belarussiyaning Minsk shahrida «Rossiya diasporasi. Haqiqiy holatlar va istiqbollar» xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbirda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti Rus adabiyoti va oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti v.b. Agata Viktorovna Osipova ishtirok etdi.
Anjumanda Abxaziya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Tojikiston, Belarussiya va boshqa davlatlardan kelgan rossiyadagi vatandoshlar tashkilotlari vakillari qatnashdi. Ular bir qator mahorat darslarida ishtirok etib, loyihalarni boshqarish asoslari, omma oldida chiqish san’ati, shuningdek, mamlakatlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda rus tili va madaniyatini targ‘ib qilish masalalarini muhokama qilishdi.
Ushbu konferensiya davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish va butun dunyodagi rusiyzabon hamjamiyatni saqlab qolishga qaratilgan kelajak loyihalarini muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi.